Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchiga aylanmoqda

Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchiga aylanmoqda

Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish borasida Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari asosida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning ortda qolgan davri mobaynida mamlakat turizmi salohiyatini xorijda keng targ‘ib etish va ichki turizm oqimini oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy telekompaniyalar va internet platformalari bilan hamkorlikda qator loyihalarga qo‘l urildi.

Jumladan, Xitoyning «Ctrip.com» kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnanitilib, «Ctrip.com» internet platformasi orqali O‘zbekiston turizm salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda.

«Voyage Prive» kompaniyasi tijoriy hamkorlik shartlari asosida o‘zining platforma imkoniyatlaridan va keng auditoriyasidan foydalangan holda Fransiya, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya davlatlarida PR-kampaniyalarini tashkil etish va turistlar oqimini O‘zbekistonga yo‘naltirish bo‘yicha hamkorlikka erishildi.

«O‘zbekiston mehmondo‘stligi va jozibador manzillari haqida innovasion videoroliklar orqali kashf qilish» loyihasi bo‘yicha Germaniyaning «World Media» kompaniyasi bilan hamkorlik qilinyapti.

Loyiha doirasida «Blue Sky» eksklyuziv televizion sayohat dasturida eng mashhur nemis sayyohlik boshlovchisi Kay Pätzmann bilan «Sky one» platformasida debyut ko‘rsatuvi efirga uzatiladi.

Shuningdek, dunyo bo‘ylab umumiy auditoriyasi 2,5 mlrd dan ortiq bo‘lgan Britaniyaning “BBC” va “Wanderlust” kompaniyalari, Yevropaning «“Euronews», AQShning «Amadeus» raqamli onlayn platformasi bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarining «Holiday factory» sayyohlik kompaniyasi va «Visa Fasilitation Servises Global» (VFS Global) ma’muriyati bilan, «Numa GmbH» kompaniyasi bilan O‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligini markaziy Yevropaning uch davlati Germaniya, Avstriya va Shvesariyaga tegishli sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish, «Lonely Planet» xalqaro nashriyot kompaniyasi tomonidan «Best in Travel 2024» loyihasi orqali O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, «EVERCOM» xizmatidan foydalangan xolda Ispaniyadagi turizm sohasidagi professional xaridorlarni jalb qilish, ATOR – Rossiya turoperatorlari uyushmasining raqamli onlayn platformasi orqali har oy maqolalar va bannerlarni ishlab chiqish va O‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligini targ‘ib qilishga doir loyihalar amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Respublikaning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turistlar oqimini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 28 ta xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga mablag‘ ajratildi.

Bundan tashqari joriy yilning 10 oyi davomida 14 ta xalqaro turizm yarmarkalarida milliy turizm stendi va tadbirkorlik sub’ektlari ishtiroki ta’minlandi. Buyuk Britaniya, Malayziya va Tojikiston davlatlarida Qo‘mita tomonidan madaniy tadbirlar tashkil etilib, mamlakatimizning gastronomik turizm imkoniyatlariga doir taqdimotlar o‘tkazildi.

Kiritildi: 21:17 18.10.2024. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!