Turkiyada mushuklarga nisbatan alohida munosabat bor. Ko‘chada ularning ko‘plari bor, lekin ular och yoki qiynalgan holda ko‘rinmaydi. Hatto qarovsiz hayvonlarga ham maxsus odamlar qaraydi. Ba’zi parklarda mushuk uylari bor, ular uxlashadi yoki shunchaki dam olishadi.
Bu Angora mushuklarining vatani. Oppoq qordek jonivorlar uzoq o‘tmishda sultonlar saroylarini bezab turgan, yuksak mavqega ega bo‘lgan va qimmatbaho sovg‘a hisoblangan. Ular toj kiygan boshlarga, aristokrat oila a’zolariga va boshqa obro‘li kishilarga sovg‘a sifatida taqdim etilgan. Ular yaqinlashib bo‘lmaydigan ko‘rinishga qaramay, mehribon va do‘stona xarakteri bilan ajralib turadi.
Turk Van eng qadimgi xonakilashtirilgan mushuk zotidir. Bunday mushuklar birinchi marta Sharqiy Anadoluda paydo bo‘lgan. Ular suzishni yaxshi ko‘radilar va uzoq vaqt suvda qolishadi.
Nizomjon Islomov tayyorladi.