Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

To‘ra Bobolov Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasiga ega sportchiga avtomashina sovg‘a qildi

To‘ra Bobolov Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasiga ega sportchiga avtomashina sovg‘a qildi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Sanjar Tursunovni “Kobalt” yengil avtomashinasi bilan taqdirladi.

Mohir bokschi ikki marta O‘zbekiston kubogi, uch marta yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni kamarini qo‘lga kiritgan. Boks bo‘yicha Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan. 22 yoshdagi sportchi hozirgacha 40 ga yaqin jang o‘tkazib, ularning 20 dan ortig‘ida g‘alabaga erishgan.

— Prezidentimiz sportchi-yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlab, nufuzli musobaqalarda g‘alabaga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlayotir, — deydi Sanjar Tursunov. — Bu bizning yanada yuqori marralarni ko‘zlab, jahon arenasida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishga undamoqda. Nasib bo‘lsa, shu yil “Tokio-2020” Olimpiadasida ham g‘alaba bilan qaytaman. Buning uchun Toshkent viloyatida bellashuvga puhta hozirlik ko‘rayapman.

To‘ra Bobolov Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasiga ega sportchiga avtomashina sovg‘a qildi

Mamlakatimiz sportchilari o‘rtasida XXXII yozgi Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasini birinchilardan bo‘lib, qo‘lga kiritgan Sanjar Tursunov Denov tumanidagi O‘rikzor mahallasida tug‘ilib, kamolga yetgan. Olti yoshidan boks bilan shug‘ullanadi.

— Tog‘alari polvon, — deydi otasi Shokir Tursunov. — Akasi Suxrob esa bolalikdan sportning dzyudo turiga mehr qo‘ydi. Sanjar ham ularga ergashib, sport bilan shug‘ullana boshladi. Lekin, u boksni tanladi. Suxrob Xitoyning Nankin shahrida 2014 yil o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpia o‘yinlarida bronza medal sohibi bo‘lib qaytgach, Sanjarda bundan ham yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish orzusi paydo bo‘ldi. Qatiy mehnat va intilishlar o‘g‘limning orzusini ruyobga chiqarmoqda. U Tokio Olimpiadasida mamlakatimiz sharafini ishonchli himoya qiladigan bo‘ldi. Bularning barchasi davlatimiz tomonidan yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yetarli sharoit yaratilgani va ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar samarasidir.

Tadbirda Sanjar Tursunovga viloyat hokimi sovg‘asi — “Kobalt” yengil avtomashinasini viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev keng jamoatchilik vakillari, sportchilar va yoshlar ishtirokida tantanali topshirdi.

Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlarida Surxondaryo viloyatidan o‘ndan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

To‘ra Bobolov Olimpia o‘yinlari yo‘llanmasiga ega sportchiga avtomashina sovg‘a qildi

Kiritildi: 11:58 05.06.2021. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!