Sasseks gersoginyasi Megan Markl va Jennifer Eniston o‘rtasidagi nizo qariyb to‘qqiz yildan buyon davom etib kelmoqda, deb xabar berdi “New Idea”.
Ma’lum qilinishicha, qirollik oilasini tark etganidan so‘ng Markl aktrisa bilan aloqa o‘rnatishni xohlagan, ammo bundan hech narsa chiqmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eniston Marklni ikkisi ham 2011 yilda birga suratga tushgan "Chidab bo‘lmaydigan boshliqlar" filmini tanqid qilganidan keyin yoqtirmay qolgan. Manbaning ta’kidlashicha, o‘shanda Marklga kartinadagi rolining 30 soniyagacha kamaytirilgani xush kelmagan, Eniston esa buni suratga olish maydonchasida e’tiborsiz qoldirgan.
Keyinchalik shahzoda Garri bo‘lajak rafiqasini "Jenniferdan yomon emasligini va bir kun kelib buni unga ko‘rsatib qo‘yishini" aytgan.
Bundan tashqari, 2000-yillarning boshlarida Megan Markl Gollivudda mashhurlikka erishgan paytida "keyingi Pitt xonim bo‘lishni xohlayman" deb ta’kidlagan.
“Afsuski, Eniston bu haqda bilib qolgan va o‘shandan beri hamkasbiga bo‘lgan g‘azabini yashirmay kelmoqda”, deydi manba.
"Megan va Garri shu yil boshida Los-Anjelesga ko‘chib kelganida gersoginya Eniston bilan do‘stlashish uchun qadamlar qo‘ydi, ammo rad etildi", deb yozdi gazeta.