Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlar bilan suhbatda “Biz To‘qayevdan hech qanday signal olganimiz yo‘q. U Putinga hech qanday xabar yubormagan”, — deb bayonot berdi.
Ma’lumki, Qozog‘iston prezidenti 11 noyabr kuni Moskvaga tashrif buyurib, Putin bilan ikki soatlik norasmiy suhbat o‘tkazgan, 12 noyabrda esa rasmiy muzokaralar davom etgan.
Safar yakunlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni “strategik hamkorlik va ittifoqchilik” darajasiga ko‘tarish haqida deklarasiya imzolagan.
Shu bois To‘qayevning kutilmagan Moskva safari ba’zi tahlilchilar tomonidan Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng geosiyosiy “xabar yetkazish” sifatida talqin qilindi. Ammo Kreml bu iddaolarni rad etdi.