Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tunda sodir etilgan jinoyat “issiq izi”da fosh etildi

Tunda sodir etilgan jinoyat “issiq izi”da fosh etildi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni tungi soat 02:30 larda Arnasoy tumani, Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tungi xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlar tomonidan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Baxtli mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 2001 yil tug‘ilgan X.SH. mahalladoshi 1971 yil tug‘ilgan T.SH.ning “Kobalt” rusumli avtoulovining o‘ng tomon old yon oynasini tosh bilan urib sindirib, salonda bo‘lgan telefonni o‘g‘irlagan.

O‘g‘ri ichki ishlar o‘ganlari xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan va uning jinoyati "issiq izi"da fosh etilgan. 
 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:00 17.09.2020. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!