Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tun kulgisi!.. (25-qism)

Tun kulgisi!.. (25-qism)

Endigina harbiy bilim yurtini tugatgan leytenant xizmat boshlashi kerak bo‘lgan harbiy qismga kelib komandirga raport berayapti:

— O‘rtoq polkovnik! Leytenant Kurochkin xizmatni boshlash uchun yetib keldi!

— Tanishib qo‘yaylik, leytenant! Men polkovnik Kuroyedovman!

 

***

Keksa baliqchi qarmoqni bir tashladi, oltin baliq tutib oldi. Ikki tashladi, yana oltin baliq tutib oldi. Qarmoqni uchinchi marotaba tashlaganda esa ulkan qayiq ilinib chiqdi va baliqchi qonunbuzarlarga qarshi kurashuvchi xizmat xodimlarining uchta tilagini bajarishga majbur bo‘ldi.

 

***

Bo‘ri echki kiyimini kiydi-da, echkilar yashaydigan uy oldiga kelib eshik ortidan qichqirdi:

— Echkichalarim! Bolajonlarim! Onangiz sizlarga sut olib keldi!

Echki bolalari ichkaridan turib baravariga baqirishdi:

— Vey, itdan tarqagan! Nega yolg‘on gapirasan-a? Onamizni yaqindagina pivo olib kelish uchun do‘konga jo‘natganmiz!

 

***

— Professor talabadan nimasi bilan farqlanadi?

— Professor — bu barcha imtihonlarni allaqachon topshirib bo‘lgan talaba.

 

Kiritildi: 23:00 30.10.2020. O'qildi: 2898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!