Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Donald Trampning o‘z mamlakatini AQSh tarkibiga kiritish g‘oyasiga qarshi chiqdi.
"Kanadaning Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi uchun zarracha ham imkoniyat yo‘q. Har ikki davlatdagi ishchilar va aholi savdo va xavfsizlik sohalarida eng yirik hamkor bo‘lishimizdan foyda ko‘radi”, — deb yozdi Tryudo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bir necha bor Kanadani 51-shtat sifatida Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish tashabbusi bilan chiqish qilgan edi.