Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Trillioner maqomiga erishish ehtimoli eng yuqori 10 kishi

Trillioner maqomiga erishish ehtimoli eng yuqori 10 kishi

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Mask hozirda 251 milliard dollar bilan dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Connect Academy prognozlariga ko‘ra, Mask 2027 yilda trillionerga aylanadi, uning boyligi yillik o‘rtacha 110 foizga o‘sishda davom etadi.

Hisobotga ko‘ra, ikkinchi trillioner maqomiga erishishi mumkin bo‘lgan odam Hindistonlik Gautam Adani, Adani Group konglomerati asoschisi. Agar Adani o‘zining so‘nggi yillik o‘sish sur’atini 123% ushlab tursa, u 2028 yilda trillioner bo‘ladi.

Hisobotga ko‘ra, besh yil ichida boyligi 3 milliard dollardan 90 milliard dollarga ko‘tarilgan Nvidia bosh direktori Jensen Xuang 2028 yilga kelib trillionerga aylanadi. Uning boyligi yillik o‘rtacha 112% ga o‘sishda davom etishi kerak bo‘ladi.

Ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnida Indoneziyaning energetika va tog‘-kon sanoati bo‘yicha Barito Pacific konglomerati asoschisi indoneziyalik Prajogo Pangestu joylashgan. Hisobotda aytilishicha, Pangestu 2028 yilga kelib trillioner maqomiga yetishi mumkin.

Birinchi beshlikni Lui Viton bosh direktori Bernard Arno yakunlaydi, hozirda u dunyoning uchinchi eng boy odami bo‘lib, 200 milliard dollardan sal kamroq boylikka ega.

Trillioner maqomiga erishish ehtimoli eng yuqori Top 10 kishi


1. Ilon Mask 2027

2. Gautam Adani 2028

3. Jensen Huang 2028

4. Prajogo Pangestu 2028

5. Bernard Arnault 2030

6. Mark Zuckerberg 2030

7. Fil Nayt 2030

8. Mukesh Ambani 2033

9. Maykl Dell 2033

10. Stiv Balmer 2034

Kiritildi: 19:15 08.09.2024. O'qildi: 4724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!