Qozog‘iston – Rossiya chegarasida joylashgan “Alimbet“ va “Sirim“ nazorat-o‘tkazish punktlari vaqtincha yopiladi.
Qayd etilishicha, G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘be viloyatlarida joylashgan “Alimbet“ hamda “Sirim“ nazorat-o‘tkazish punktlari rekonstruksiya ishlari olib borilishi sabab vaqtincha yopilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil transporti va transport nazorati qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari 2025 yil 1 fevraldan boshlab 16 oy muddatga yopiladi.