Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 26 mart kuni ayollarning sportda ishtirok etish huquqi bo‘yicha yangi tartibni qabul qildi. Unga ko‘ra, endilikda transgender ayollar Olimpiya o‘yinlaridan butunlay chetlashtiriladi.
Qayd etilishicha, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqi bir martalik genetik test asosida belgilanadi. Ushbu test biologik jinsni aniqlashga imkon beradi.
Yangi qoidalar 2028 yildagi Los-Anjeles Olimpiadasidan boshlab kuchga kiradi.