Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Trampning You Tube'dagi akkaunti tiklandi

Trampning You Tube'dagi akkaunti tiklandi

You Tube videoxostingi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkaunti tiklangani haqida e’lon qildi.

“Bugungi kunda Donald Tramp kanaliga kirish cheklanmagan va u yerga yangi kontent yuklanishi mumkin. Biz haqiqiy zo‘ravonlikning davom etayotgan xavflarini sinchkovlik bilan baholadik, shu bilan birga saylovchilarning asosiy nomzodlarni bir xilda eshitish qobiliyatini muvozanatlashtirdik”, — deyiladi kompaniya e’lon qilgan xabarda.

Qayd etilishicha, You Tube boshqa kanallar singari Amerika sobiq prezidentining sahifasini kuzatishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Oq uyning sobiq rahbarining AQShdagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan uzilishiga 2021-yil 6-yanvardagi tartibsizliklar va Kapitoliyga bostirib kirish sabab bo‘ldi.

Avvalroq Tramp 2024-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Twitter va Facebookʻga qaytish niyatida ekani xabar qilingandi.

Kiritildi: 04:24 18.03.2023. O'qildi: 1554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!