AQSh prezidenti Yaqin Sharq bo‘ylab turnesini yakunlab, AQShga qaytmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
"Qizim farzandli bo‘ldi, men uyga qaytib, chaqaloqni ko‘rishni xohlayman", — dedi Donald Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizi Tiffani 15 may kuni o‘g‘il farzand ko‘rgan.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashish istagini bildirdi.
"Bunday uchrashuv tashkil qilinishi bilanoq, men darhol u yerga boraman", — deya aniqlik kiritdi Tramp.