Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Trampning "odami" AQSh Oliy sudi sudyasi sifatida tasdiqlandi

Trampning "odami"  AQSh Oliy sudi sudyasi sifatida tasdiqlandi

AQSh Senati Emi Koni Barrettni Oliy sud sudyasi lavozimiga tasdiqladi. Saylovlardan bir hafta oldin ushbu lavozimga amalga oshirilgan tayinlov Donald Tramp uchun muhim siyosiy g‘alaba hisoblanadi. Senatda ko‘pchilikni tashkil etuvchi respublikachilar qarshi ovoz bergan demokratlarni ortda qoldirdi, deb xabar qilmoqda VVS.

Yaqin kelajakda uning tayinlovi tufayli AQSh Oliy sudida konservativ sudyalarning soni yanada ortadi (6:3). 

Bir umrga saylanuvchi 9 kishidan tarkib topgan Oliy suddagi fikrlarning g‘oyaviy muvozanati AQShdagi eng muhim qonunchilik qarorlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

Dushanba kuni kechqurun Oq uyda bo‘lib o‘tgan marosimda Emi Barrett AQSh Oliy sudi sudyasi sifatida qasamyod keltirdi. 

Oliy sudning yangi sudyasi siyosiy qarashlari va shaxsiy pozisiyasidan qat’i nazar, o‘z ishini vijdonan bajarishga va’da berdi. 

«Men Konstitusiyani va u bilan o‘rnatilgan demokratik respublikani yaxshi ko‘raman. Uni saqlab qolish uchun borimni beraman», - degan Barrett. 

Barrett respublikachilardan vakil bo‘lgan prezident tomonidan tayinlangan uchinchi Oliy sud sudyasidir (2017 yilda Nil Gorsach va 2018 yilda Brett Kavanodan keyin). U sentyabr oyida liberal qarashlarga ega bo‘lgan sudya Rut Ginsburgning vafotidan so‘ng bo‘shab qolgan joyni egallaydi.

Kiritildi: 19:45 28.10.2020. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!