AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 21 oktyabr kuni Sankt-Peterburgga bordi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan urushni yakunlash bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Putin AQSh fuqarosi, Ukraina qurolli kuchlari safida jang qilgani uchun Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan Stiven Habbardni ozod qilganini bildirdi. "Siz prezident Trampning insonparvarligi haqida juda ko‘p gapirasiz. O‘zingiz ham gumanistsiz, ser, buning uchun sizga tan beraman", — dedi bunga javoban Uitkoff.
Bu esa Qo‘shma Shtatlardagi ko‘plab yuqori martabali siyosatchilarga jumladan, Donald Trampning partiyadoshlariga ham umuman yoqmadi. Ular Uitkoffni keskin tanqid qildi. Tramp va uning vise-prezidenti Vens Uitkoffni himoya qilib chiqishdi.
"Stiv Uitkoff amerikalik mahbusni ozod qilgan odam haqida qandaydir yaxshi gap aytdi. Siz uning bu bahlsiga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligingizdan qat’i nazar, Stiv Uitkoff – diplomat. Uning ishi – o‘sha yerga borish va natijaga erishish. Meni Stiv aytgan so‘z emas, u amerikalik mahbusni uyiga, oilasiga qaytarayotgani fakti ko‘proq qiziqtiradi", — dedi Jey Di Vens.
"Menimcha, muayyan holatda, ya’ni butun umrini qamoqda o‘tkazaman deb o‘ylagan odam ozodlikka chiqarilganida, Putinni gumanist deb atash deyish mumkin", — deb munosabat bildirdi Donald Tramp.