AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Rossiya tomoni tomonidan bildirilgan, Vashington va Kiyev tinchlik muzokaralarini cho‘zmoqda, degan da’volarni asossiz deb atadi.
"Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning muzokaralar jarayoni haqidagi so‘nggi izohlari “Oruyel uslubi”ga ega. Rossiyaning AQSh va Ukraina tinchlik muzokaralarini cho‘zmoqda, degan da’volari hech qanday asosga ega emas", — deb yozdi Kellog 30 iyun kuni kechqurun X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov iyun oyi oxirida bergan bayonotida Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayonini tezlashtirish "Kiyev rejimi pozisiyasiga bog‘liq" ekanini va "Vashingtonning vositachilik harakatlari qanchalik samarali harakat etishi ham" ta’sir qilishini aytgan edi.
"Bundan tashqari, frontda yuzaga kelgan real holat mavjud, undan ko‘z yumib bo‘lmaydi va uni inobatga olish kerak", — degan edi o‘shanda Peskov.