"30 kunlik keng qamrovli (havo, quruqlik, dengiz, infratuzilma) tinchlik rejimi Yevropada Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta va uzoq davom etgan urushni tugatish jarayonini boshlab beradi. AQSh prezidenti bir necha bor ta’kidlaganidek, hoziroq qotillikni to‘xtating," - deya Xda yozdi Kit Kellog.
U Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing Kiyevga tashrif buyurgan Yevropa rahbarlari va Ukraina prezidenti Amerika rahbari bilan muloqot qilgani haqidagi xabariga shunday izoh berdi.