Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Trampning maslahatchisi Putinga bosim o‘tkazish rejasini aytdi

Trampning maslahatchisi Putinga bosim o‘tkazish rejasini aytdi

Ommaviy axborot vositalari Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lajak maslahatchisi deb ataydigan floridalik respublikachi kongressmen Mayk Uolts saylovdan biroz oldin bergan intervyusida AQShning yangi saylangan prezidenti qanday qilib Ukraina va Rossiya Federasiyasini tinchlik bitimi tuzishga majburlashi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Uoltsning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bosim o‘tkazish, Rossiya Federasiyasining neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini qisqartirish, buning uchun sanksiyalarni kuchaytirish va Amerika energiya resurslarini sotishni ko‘paytirish, shuningdek, Ukrainani uzoqqa otish quroli bilan ta’minlash kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya prezidenti "Tramp rejasidan" voz kechsa, bu amalga oshirilishi mumkin.

"Eng avvalo, Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini kuchaytirish kerak edi. Rossiya aslida yadroviy arsenali bor benzin kolonkasiga o‘xshaydi. Hozir Putin urushdan oldingiga qaraganda ko‘proq neft va gaz sotmoqda - Xitoy va Hindiston orqali. Agar buni o‘z energetikamizni rivojlantirish va suyultirilgan gaz eksportiga cheklovlarni olib tashlash bilan birlashtirsak, uning iqtisodiyoti va harbiy mashinasi tezda o‘z resurslarini tugatadi," - dedi Mayk Uolts.

U Ukrainaga bosim o‘tkazishning aniq usullarini keltirmadi, lekin "bizda Zelenskiyga ta’sir o‘tkazish uchun yetarli dastaklar bor," dedi.

Kiritildi: 23:12 12.11.2024. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!