Ukraina delegasiyasi Rossiya tomonidan boshlangan urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazish uchun AQShga bordi — Deutsche Welle
Delegasiya tarkibida Ukraina prezidenti devoni rahbari Kirill Budanov, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov hamda hukmron “Xalq xizmatchisi” partiyasi rahbari David Araxamiya bor. Muzokaralar bugun Mayamida bo‘lib o‘tadi.
"Vashingtonning vositachilik harakatlari anchadan beri davom etmoqda. Biroq Ukraina NATO'ga a’zo bo‘lishi va Rossiyaning hududiy talablariga doir asosiy masalalarda Moskva va Kiyevning pozisiyalari farq qilmoqda. Rossiya tomoni talablarini saqlab qolmoqda, bu talablar, Kievning bahosiga ko‘ra, Ukrainaning taslim bo‘lishi bilan teng", deya yozmoqda DW.
Ukrainaning AQShdagi elchisi Olga Stefanishinaning ma’lum qilishicha, Mayamida xavfsizlik kafolatlari va “Ukraina iqtisodiy tiklanishi” bo‘yicha 690 milliard yevrogacha bo‘lgan kelishuvlar ustida ish olib boriladi. Agar vaziyat ijobiy rivojlansa, hujjatlar kelasi hafta Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida imzolanishi mumkin.
Shuningdek, xabar berilishicha, Mayamidagi muzokaralarda Rossiya tomoni ishtirok etmayapti, ammo yaqin kunlarda AQSh vakillarining Moskvaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov oldinroq Rossiya urushni tugatish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va prezident Trampning kuyovi Jared Kushnerning tashrifiga kutilayotganini ma’lum qilgan edi.