AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning uchta asosiy maslahatchisi Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha ochiq va xususiy variantlarni taklif qildi, biroq ularning hech biri Kiyevning NATOga a’zoligiga aloqador emas.
🔹 Ukraina va Rossiya bo‘yicha bo‘lajak maxsus elchi Keyt Kellogg hozirgi front chizig‘i bo‘ylab mojaroni muzlatib qo‘yishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar, uning rejasiga ko‘ra, Ukrainaga «kuchli pozisiyadan muzokaralar olib borish» va o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rioya qilmaslik oqibatlari haqida Kremlga ma’lumot etkazish imkoniyatini berishi kerak. Kellogg, shuningdek, Tramp Kiyev muzokaralarga rozi bo‘lgan taqdirdagina qo‘shimcha qurol va’da qilishini ta’kidladi va shu bilan birga Moskvani Rossiya Federasiyasi urushni tugatish imkoniyatini muhokama qilishdan bosh tortsa, Vashington «Ukrainani qurollantirishi» haqida ogohlantirdi. Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralar qoldiriladi.
🔹 Tramp tomonidan AQSh vise-prezidenti lavozimiga ko‘rsatilgan Jeyms Devid Vens mavjud qarama-qarshilik chizig‘i bo‘ylab qurolsizlantirilgan hudud yaratishni taklif qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu zona kelajakda Rossiya bosqinining oldini olish uchun «qattiq mustahkamlanadi». Vensning rejasida Ukrainaning NATOga a’zoligi yo‘q.
🔹 O‘z navbatida, Milliy razvedkaning sobiq rahbari va AQShning Germaniyadagi sobiq elchisi Richard Grenell iyul oyida Ukraina sharqida ushbu rejaning tafsilotlariga aniqlik kiritmagan holda «avtonom zonalar»ni yaratish tarafdori edi. U Vens singari Ukrainaning NATOga a’zoligi «AQSh manfaatlariga xizmat qilmaydi» degan fikrni bildirdi.