Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Trampning g‘alabasi Isroil tajovuzi uchun nimani anglatadi?

Trampning g‘alabasi Isroil tajovuzi uchun nimani anglatadi?

O‘zining saylovoldi kampaniyasi davomida Donald Tramp Yaqin Sharqdagi urushlarni to‘xtatishga va’da bergan, ammo bu haqda batafsil ma’lumot bermagan.

Bit zumda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Donald Trampning qayta saylanishini olqishladi va buni «tarixdagi eng katta qaytish» deb ta’rifladi. Uning o‘ta o‘ngchi koalisiya vazirlari Bezalel Smotrich va Itamar Ben-Gvir saylovlar rasman e’lon qilinishidan oldin ham o‘zlarining hayajonlarini tvitterda bildirdi.

Netanyaxu idorasi bayonotida aytilishicha, u saylangan prezidentga «birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilganlar» qatorida bo‘lgan. Ularning suhbati iliq va samimiy bo‘lgan va ikkalasi Isroil uchun birgalikda ishlashga kelishib olgan, shuningdek, Eron tahdidini muhokama qilgan.

Trampning g‘alabasi Netanyaxu Isroil hukumatida Bayden ma’muriyatining asosiy aloqa nuqtasi sifatida ko‘rilgan mudofaa vaziri Yoav Gallantni ishdan bo‘shatganidan bir necha soat o‘tib yangradi.

Channel 12 tomonidan e’lon qilingan saylovdan keyingi so‘rov natijalariga ko‘ra, isroilliklarning 67 foizi «Tramp g‘alabasidan mamnun».

Bu kayfiyat ko‘chalarda ham sezildi.

«Umid qilamizki, Donald Tramp mamlakatimiz uchun, shuningdek, Amerika uchun ham katta ishlarni amalga oshiradi. Lekin u asosan ko‘p va’dalar berdi va agar u bu va’dalarning yarmini bajara olsa ham, hech qanday gap bo‘lmaydi», - deydi bir o‘tkinchi yosh DW’ga.

Biroq Netanyaxu hukumatining ayrim tanqidchilari uchun Trampning qaytishi yaxshi natija bermayapti.

Kiritildi: 20:28 10.11.2024. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!