AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni "Rossiyaga muqarrar yutqazadigan noshukur siyosatchi va zaif rahbar" deb bilishini Axios portali xabar qilmoqda.
"Shaxsiy suhbatlarda Tramp Zelenskiy haqida nafrat bilan gapiradi, uni Baydenga xayrixoh siyosatchi deb atab, Amerika yordamining miqyosi va unga qanchalik qaramligini tushunmaslikda ayblaydi.
Oq uy rahbarining fikricha, Zelenskiy tashqi yordamsiz Ukrainani saqlab qola olmaydigan siyosiy yengiltakdir. Oval kabinetdagi janjalli uchrashuv bu munosabatni yanada tasdiqladi. Vitse-prezident Jey Di Vens bilan qisqa, ammo keskin bahsdan so‘ng Tramp amalda Zelenskiyni haydab, tushlik va matbuot anjumanini bekor qildi," - deya ta’kidlaydi portal.