Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Trampning farmonidan so‘ng Suriya kurdlari AQShdan pul olishni to‘xtatdi

Trampning farmonidan so‘ng Suriya kurdlari AQShdan pul olishni to‘xtatdi

AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa davlatlarga xorijiy yordamni to‘xtatish haqidagi yaqindagi farmoni Suriyadagi kurd qurolli kuchlarini moliyalashtirishni to‘xtatishga olib keldi, deya ta’kidlaydi Türkiye gazetasi mintaqadagi manbalarga tayanib.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning xorijiy yordam dasturini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qarori terrorchi Kurdiston ishchi partiyasi va uning Suriya tarmog‘i YPG'ga mablag‘ tushumini to‘xtatib qo‘ydi, ularning transport va oziq-ovqat xarajatlarini chekladi, shuningdek, pul to‘lovlarini katta xavf ostiga qo‘ydi.

Nashr ma’lum qilishicha, PKK va YPG tashkilotlarining moliyaviy mas’ullari shtab-kvartiralar, transport vositalari va oziq-ovqat ta’minoti xarajatlarini cheklash haqida ogohlantirish bergan. Bundan tashqari, "yanvar-fevral oylaridagi maoshlar so‘nggi to‘lovlar bo‘lishi mumkin".

Turkiya Suriyaning Rakka va Hasaka viloyatlaridagi manbalariga tayanib, ushbu vaziyatni tasdiqladi.

Gazeta manbalari, shuningdek, PKK va YPG ichida Turkiyaning Suriya shimolida harbiy operasiya o‘tkazishidan xavotir yuqori ekanligini ma’lum qildi. Bu hududlarda kurdlar nazorati ostida yiliga 2 milliard dollarga yaqin daromad keltiradigan neft konlari joylashgan.

Bundan oldin Tramp Qo‘shma Shtatlarning chet davlatlarga ko‘rsatayotgan yordamini 90 kun davomida to‘xtatib turish, qayta baholash va qayta tashkil etish to‘g‘risidagi ijroiya farmonini imzolagandi.

Kiritildi: 23:24 28.01.2025. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!