Trampga qarshi 2020 yilda hokimiyatni ushlab qolishga urinish ishi bo‘yicha dalillar ayblov hukmini ta’minlash uchun yetarli edi.
Bu haqda maxsus prokuror Jek Smitning hisobotida so‘z boradi, deb berdi New York Times
Smit Kapitoliyga qilingan hujum uchun mas’uliyatni Trampga yukladi. Hisobotda tartibsizliklarda ishtirok etgan bir nechta ayblanuvchilarning ko‘rsatmalariga ishora qilingan, ular Tramp nomidan harakat qilyapman, deb o‘ylashgan.
"Agar Trampning saylanishi va uning prezidentlik lavozimiga muqarrar ravishda qaytishi amalga oshmaganida, sudda unga nisbatan ayblov hukmini chiqarish uchun dalillar yetarli bo‘lardi", — deyiladi maxsus prokurorning hisobotida.