Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

⚡ Trampdan shoshilinch murojaat!

⚡ Trampdan shoshilinch murojaat!

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga ishonishini bildirdi, ammo Rossiya Ukrainani bombardimon qilishni davom ettirayotganini ta’kidladi.

"Men Putinga ishonaman, Rossiya bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Biroq hozir ular Ukrainani bombardimon qilmoqda. Ochig‘ini aytganda, Ukraina bilan munosabatlar menga qiyinroq, ularning qo‘lida hech narsa yo‘q," - dedi Tramp.

Tramp Rossiya AQShning Ukrainaga qurol va razvedka ma’lumotlarini yetkazishdagi to‘xtab turishidan foydalanayaptimi, degan savolga salbiy javob berdi. "U har qanday odam qiladigan ishni qilmoqda. Menimcha, u (Vladimir Putin) buni to‘xtatishni xohlaydi... Menimcha, Ukraina ham shuni istaydi. Biz har hafta 2000 nafar yoshni yo‘qotayapmiz. Bir mamlakat misolida ko‘proq keksalar bor, chunki yoshlar halok bo‘lgan."

Uning aytishicha, har ikki tomon - Rossiya ham, Ukraina ham urushni to‘xtatishga tayyor. U, shuningdek, AQShdagi ichki vaziyatni tanqid qilib, mamlakat "butunlay talon-taroj qilinganini" aytdi, ammo bu o‘zgarishi va Amerika "juda kuchli" bo‘lib qolishiga va’da berdi.

"Men Ukraina urushni to‘xtatishni xohlayotganini yoki yo‘qligini bilishim kerak. Agar ular vaziyatni hal qilishni istamasalar, biz u yerdan chiqib ketamiz. Mening ishtirokimsiz Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishning hech qanday imkoniyati bo‘lmas edi," - dedi Tramp. U yana qo‘shimcha qildiki, agar Kiyev "urushni to‘xtatishga tayyor bo‘lmasa," AQSh Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini to‘xtatadi.

Kiritildi: 22:55 07.03.2025. O'qildi: 7319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!