“Hamma buni yadro qurolini ishga tushiridigan tugmacha deb o‘ylashadi. Agar men bossam, dunyo tugaydi, deyishadi”, dedi Tramp Fox News telekanaliga.
Aslida, bu "qizil tugma" AQSh prezidentining sevimli ichimligi - Diet Colani Oval kabinetga olib kelish uchun kerak.
Tramp qizil tugmani o‘zining birinchi muddatida o‘rnatgan, biroq Bayden prezidentligi davrida u olib tashlangan. Shu yilning yanvar oyida Tramp inaugurasiyasidan so‘ng tugma Oval kabinetga qaytarildi.