Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng: «Ukrainadagi urushni to‘xtataman»

A A A
Tramp Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng: «Ukrainadagi urushni to‘xtataman»

«Men Donald Tramp bilan uni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgani bilan tabriklash va Pensilvaniyadagi dahshatli suiqasdni qoralash uchun gaplashdim. Men unga kuch va kelajakda mutlaq xavfsizlik tiladim», dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda.

«Biz prezident Tramp bilan shaxsiy uchrashuvda qanday qadamlar dunyoni adolatli va chinakam mustahkam qilishi mumkinligini muhokama qilishga kelishib oldik», deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida (uni sobiq prezident emas, prezident deb atagan).

Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti haqidagi ma’lumotni tasdiqlab, suhbatni «juda yaxshi» deb atadi: “U (Zelenskiy) meni Respublikachilar milliy qurultoyi juda muvaffaqiyatli o‘tgani va Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilganim bilan tabrikladi«.

Shuningdek, u prezident Zelenskiyga murojaat qilgani uchun minnatdorligini ta’kidladi.

"Chunki men Sizning keyingi Amerika qo‘shma Shtatlari prezidentingiz sifatida butun dunyoga tinchlik olib kelaman va ko‘p odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va son-sanoqsiz begunoh oilalarni vayron qilgan urushni tugataman. Ikkala tomon ham birlashib, zo‘ravonlikni tugatadigan va farovonlikka yo‘l ochadigan bitim tuzishlari mumkin", deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 11:07 20.07.2024. O'qildi: 2725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!