Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp yana Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi

Tramp yana Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi

Tramp yana Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi va orol bo‘yicha maxsus vakilini tayinladi. Bu Daniya va Grenlandiyaning noroziligiga sabab bo‘ldi.

"AQSh prezidenti Luiziana shtati gubernatori Jeff Lendriyni Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlaganini e’lon qildi. Lendriy Trampning orolni Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish g‘oyasini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi", deya xabar bermoqda nashr.

Prezident Donald Tramp AQSh milliy xavfsizligi uchun Grenlandiya zarur ekanini yana bir bor ta’kidladi. Oq uy rahbari ushbu orol bo‘yicha tayinlagan maxsus vakili bu jarayonga boshchilik qilishini e’lon qildi.

"Bizga Grenlandiya – mineral resurslar uchun emas, milliy xavfsizlik uchun kerak. Agar Grenlandiyaga qarasangiz, uning butun qirg‘og‘i bo‘ylab Rossiya va Xitoy kemalarini ko‘rasiz. Bizga u milliy xavfsizligimizni ta’minlashimiz uchun zarur. Biz uni olishimiz kerak", — deya ta’kidladi Donald Tramp.

Daniya va Grenlandiya yetakchilari AQSh Grenlandiyani egallab olmasligini qat’iy ta’kidlab, o‘z hududiy yaxlitligini hurmat qilishni talab qildi.

"Biz yana AQSh prezidentining yangi bayonoti bilan uyg‘ondik. Bu katta gapdek tuyulishi mumkin, ammo biz uchun hech narsani o‘zgartirmaydi. O‘z kelajagimizni o‘zimiz belgilaymiz", — Grenlandiya bosh vaziri Yens-Fredirik Nilsen.

Tramp ikkinchi prezidentlik muddati boshida AQSh yurisdiksiyasi Grenlandiyaga tatbiq etilishi kerakligini bir necha bor aytgan. AQSh prezidenti mineral resurslarga boy orolni nazoratga olish uchun harbiy kuch ishlatishni ham istisno qilmagandi.

Kiritildi: Bugun 19:10. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!