Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp yadro quroli bo‘yicha cheklovlarni saqlab qolmoqchi — Financial Times

Tramp yadro quroli bo‘yicha cheklovlarni saqlab qolmoqchi — Financial Times

Nashrning Oq uy rasmiysiga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp yadro qurollari bo‘yicha cheklovlarni saqlab qolish va Xitoyni qurol nazorati bo‘yicha muzokaralarga jalb etish niyatida.

Avvalroq AQSh prezidenti The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi Strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnoma yaqin orada yakunlanishiga izoh bergan va Xitoy ham ishtirok etadigan “yanada foydaliroq” yangi kelishuv tuzilishiga umid bildirgan edi.

Shu bilan birga, Financial Times Tramp oxirgi pallada amaldagi shakldagi shartnomaga rioya qilishni davom ettirishga rozi bo‘lishi mumkinligini ham qayd qilgan.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!