Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Xitoyga tashrifida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasida biror natijaga erisha olmadi

Tramp Xitoyga tashrifida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasida biror natijaga erisha olmadi

Bloomberg agentligining Eron va Xitoy rasmiylari bayonotlariga, tayanib yozishicha, Tehron hatto urush tugagan taqdirda ham bo‘g‘oz ustidan nazoratni yumshatishga unchalik qiziqish bildirmayapti. Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon uning mamlakati Ho‘rmuzda "samarali va professional nazorat mexanizmlari"ni joriy etishini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Ho‘rmuz bo‘g‘ozi imkon qadar tezroq ochilishi kerakligini ta’kidladi.

"Xitoyning ushbu bayonoti, dunyoning ikki eng yirik iqtisodiyoti Tramp shu haftada Si Jinpin bilan uchrashuvi chog‘ida Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha mushtarak jihatlarni ko‘rsatishga uringan bir paytda yangradi. Vaholanki, ular mohiyatan qarama-qarshi tomonlarda turibdi va Xitoy AQSh hamda Isroilning o‘z ittifoqchisi bo‘lgan Eronga qarshi hujumlarini bir necha bor tanqid qilgan", deb yozadi agentlik.

Xitoy va AQSh o‘rtasida Ho‘rmuzni ochish masalasida hamfikrlik bordek ko‘rinsa-da, bo‘g‘oz yopiqligicha qolmoqda. Kemalarga zarba berish tahdidlari tufayli undagi harakat yana butkul to‘xtab qolgan.

Shu bilan birga, dengiz harakatini tahlil qiluvchi Marinetraffic sayti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka ichida Ho‘rmuz rmuz bo‘g‘ozidan bor-yo‘g‘i beshta kema o‘tgan.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!