Tramp Xitoy mahsulotlariga hozirda amal qilayotgan boj stavkalaridan tashqari yana 100 foizlik eksport boji joriy etilishini e’lon qildi.
AQSh prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. U, shuningdek, strategik ahamiyatga ega dasturiy ta’minot uchun ham eksport nazorati kiritilishini bildirdi.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar 1 noyabrdan yoki undan ham avvalroq, “Xitoy tomonidan ko‘riladigan har qanday keyingi harakatlar yoki o‘zgarishlarga qarab” kuchga kiradi.
"Yaqinda Xitoy savdo masalasida nihoyatda tajovuzkor pozisiyani egallagani ma’lum bo‘ldi. U butun dunyoga nihoyatda dushmanona ohangda yozilgan maktub yuborib, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab deyarli barcha mahsulotlariga, hatto o‘zi ishlab chiqarmaydigan ayrim mahsulotlarga ham keng ko‘lamli eksport nazoratini joriy etishini ma’lum qildi. Bu barcha davlatlarga ta’sir qiladi. Aftidan, ular bu rejani bundan ancha yillar oldin ishlab chiqqan.
Bu xalqaro savdoda misli ko‘rilmagan holat bo‘lib, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarda axloqiy sharmandalik deb hisoblanadi", — deb yozdi AQSh prezidenti.