Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Venesuela prezidenti bilan muzokaraga tayyorligini ma’lum qildi

Tramp Venesuela prezidenti bilan muzokaraga tayyorligini ma’lum qildi

AQSh Venesuela rahbariyati bilan bevosita muloqotga tayyor.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

"Men gaplashishga tayyorman. Hamma bilan gaplashyapman", - dedi Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga javob berib.

Bundan tashqari, Amerika rahbari Venesuelani AQShga mahbuslar va giyohvand moddalar yuborayotganlikda ayblab, rasmiylar noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan vataniga qaytarayotganini ta’kidladi. Karakasni qattiq tanqid qilishiga qaramay, Tramp o‘zining muloqotga ochiqligini yana bir bor ta’kidladi.

CNN kecha Nikolas Maduro Donald Tramp bilan bir nechta kanallar orqali aloqa o‘rnatishga intilayotgani haqida xabar berdi.

18 noyabr kuni Tramp Venesuela bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan variantlarni, jumladan quruqlikdagi harbiy operasiyani ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!