AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi Respublikachilar partiyasining Vakillar palatasidagi ta’sirini saqlab qolish va o‘zining uchinchi marta impichment qilinishining oldini olish maqsadida faol sahna ortidagi kampaniyani boshladi.
Masala shundaki, 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar natijasida demokratlar Vakillar palatasida ko‘pchilikni qo‘lga kiritishi mumkin.
Trampning ittifoqchilari demokratlar nazoratidagi Vakillar palatasi prezidentga qarshi tergov boshlashi va uning impichmentiga erishishga urinishi mumkin deb hisoblashmoqda. Trampning birinchi muddatida aynan shunday holat yuz bergan edi.