Tramp Yaman Prezidentlik boshqaruv kengashi raisi Rashad al-Alimiy bilan telefon orqali suhbatlashgan. Suhbat davomida al-Alimiy AQShdan Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.
Manbalarga ko‘ra, Tramp harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq va’da bermagan.
Bu muloqot husiylar Qizil dengiz sohilida o‘z nazoratini kuchaytirishga harakat qilayotgan bir paytda bo‘lib o‘tdi. Ular Bab-al-Mandab bo‘g‘ozi atrofida ham o‘z mavqelarini mustahkamlashga intilmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni ham Vashingtondan mojaroga aralashishni so‘ragan edi. Biroq AQSh hozircha Yamandagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashishdan voz kechib kelmoqda.