AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy 27 dekabr, shanba kuni Yevropa yetakchilari bilan konferensiya muloqoti o‘tkazish niyatida.
Bu haqda Axios ukrainalik mansabdor shaxsga tayanib xabar berdi.
Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralar ertasi kuni, 28 dekabr kuni Floridada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Ushbu uchrashuv muzokaralardagi sezilarli yutuqlardan dalolatdir", — deyiladi maqolada. Maqola muallifi Barak Ravid Trampning Zelenskiy bilan kelishuv yaqinligini his qilgan taqdirdagina uchrashishi haqidagi so‘zlarini esladi.
Nomi oshkor etilmagan AQShning yuqori martabali mulozimining Axiosga aytishicha, AQSh so‘nggi ikki hafta ichida Rossiya va Ukraina tomonlari bilan muzokaralarda o‘tgan yilga qaraganda "ko‘proq muvaffaqiyatga erishdi".