Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp va Yaponiya bosh vaziri uchrashdi: Xitoy, KXDR va xalqaro sud muhokama qilindi

Tramp va Yaponiya bosh vaziri uchrashdi: Xitoy, KXDR va xalqaro sud muhokama qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchrashdi. Qariyb 35 daqiqa davom etgan muloqotda Xitoy, iqtisodiy xavfsizlik, KXDRning yadroviy dasturi va Xalqaro jinoiy sud masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv Trampning Xitoy rahbari Si Szinpin bilan rejalashtirilgan muzokaralari oldidan o‘tkazildi. Takaitining ta’kidlashicha, Tokio uchun AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro barqarorlikka ta’sir qilmasligi va tinchlikni ta’minlashga xizmat qilishi muhim.

Yaponiya va AQSh Xitoy bilan bog‘liq masalalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishdi. Tomonlar, shuningdek, iqtisodiy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu yo‘nalishda sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar va strategik muhim minerallar alohida o‘rin tutmoqda.

Muzokaralarda KXDRning yadroviy va raketa dasturlari ham muhokama qilindi. Vashington va Tokio mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun AQSH–Yaponiya ittifoqining mudofaa va tiyib turish salohiyatini kuchaytirish niyatini tasdiqladi.

Uchrashuvning yana bir mavzusi Xalqaro jinoiy sud bo‘ldi. Takaiti Yaponiya xalqaro huquq va qonun ustuvorligi tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

U Tramp bilan bu masaladagi suhbat tafsilotlarini ochiqlamadi, ammo muloqotni «ochiq fikr almashuvi» deb atadi.

Umuman, uchrashuvda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalari asosiy o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 08:10 24.09.2026. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!