Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush Jo Baydenning harakatlari oqibati ekanligini bildirdi.
Trampning aytishicha, u bu mojaroga aloqador emas va agar prezidentlik lavozimida qolganida, uning oldini olishga qodir bo‘lardi. U ta’kidlashicha, to‘rt yillik prezidentligi davrida bu masala yuzasidan hech qanday muammo yuzaga kelmagan, prezident Putin va jahon yetakchilari uning rahbarligini hurmat qilishgan.
"Bu Baydenning urushi, meniki emas. Uning boshlanishiga men aloqador emasman, ammo o‘lim va vayronagarchilikni to‘xtatish uchun astoydil harakat qilmoqdaman," deya Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Shuningdek, Tramp agar 2020 yilgi prezidentlik saylovlari "soxtalashtirilmaganda," urushning oldini olish mumkin bo‘lganini ta’kidladi.
"Prezident [Vladimir] Zelenskiy va qo‘li egri Jo Bayden bu bema’nilikning boshlanishiga yo‘l qo‘yib, mutlaqo dahshatli ish qilishdi," deya ta’kidladi Oq uy rahbari.
U bu mojaroning oldini olish uchun ko‘plab usullar mavjud bo‘lganini aytdi, ammo hozir eng muhimi, uning fikricha, uni iloji boricha tezroq to‘xtatishdir.