AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojarodan uzoqlashish istagini namoyish etmoqda.
Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp mojarodan uzoqlashayotganiga ishora qilmoqda, keyin esa Rossiyaning "Ukrainaning taslim bo‘lishi bilan barobar bo‘lgan" talablari ro‘yxatidan hayratda qolganini bildirmoqda.
Gazetaning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti qarama-qarshi signallarni namoyish etmoqda. Masalan, u Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilishdan goh bosh tortadi, goh ularni joriy etish imkoniyatiga yo‘l qo‘yadi.
"Ammo har safar u Yevropaning yangi iqtisodiy sanksiyalariga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur bo‘lganida, u chekinadi," - deyiladi materialda.