Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Turkiyada samolyotini nega almashtirdi?

Tramp Turkiyada samolyotini nega almashtirdi?

Xavfsizlik yuzasidan shunday qilishim kerak edi — Tramp Turkiyada samolyotini almashtirganiga izoh berdi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp iyul oyida NATO sammitidan keyin Anqaradan ketishda samolyotini almashtirganini tan oldi.

"Men Maxfiy xizmat va harbiylarning xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga amal qilaman. Ular mendan boshqa reysda, boshqa samolyotda uchishimni so‘rashdi. Men ularning aytganini qilishim kerak", — dedi Tramp.

AQSh prezidenti izohida o‘zi o‘tirgan samolyot “ulkan xavf ostida” bo‘lganini ta’kidladi.

Kecha Tramp 8 iyul kuni Anqaradagi NATO sammitidan qaytishda dastlab Air Force One samolyotiga chiqqani, keyinroq esa oziq-ovqat furgoni yordamida harbiy samolyotga o‘tkazilgani aks etgan video tarqaldi. Aynan shu furgon Trampni yashirincha odatda vise-prezident foydalanadigan C-32A harbiy samolyotiga olib o‘tgan.

Air Force One bortidagi jurnalistlar va Oq uyning ayrim xodimlari prezident yashirincha boshqa samolyotga o‘tkazilganidan bexabar bo‘lgan. Tramp avvalroq Anqaradagi sammit chog‘ida Eronning “birinchi raqamli nishoni” ekanini aytgandi.

Kiritildi: 20:30 12.08.2026. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!