Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp tomonidan belgilangan savdo tariflarini undirish to‘xtatiladi

A A A
Tramp tomonidan belgilangan savdo tariflarini undirish to‘xtatiladi

AQSh Bojxona xizmati 24 fevraldan boshlab Tramp tomonidan belgilangan savdo tariflarini undirishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

AQSh Bojxona xizmati Cargo Systems Messaging Service orqali yuk tashuvchilarga yuborilgan xabarda seshanba kunidan boshlab Trampning Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA) doirasidagi avvalgi farmonlariga bog‘liq barcha savdo bojlari bekor qilinadi.

Bojxona xizmati AQSh Oliy sudining Tramp bojlarni noqonuniy kiritgani haqidagi qaroridan keyin ham bir necha kun davomida nazorat-o‘tkazish punktlarida boj undirishni davom ettirgani sabablarini bildirmadi. Xabarda mablag‘lar import qiluvchilarga qaytarilishi mumkinligi haqida ham ma’lumot berilmagan.

2026 yil 20 fevralda AQSh Oliy sudi prezidentning IEEPA qonuni doirasidagi vakolatlari yetarli emasligini tasdiqladi va Trampning ko‘plab davlatlarga nisbatan tariflarni bir tomonlama joriy qilganini qonunga xilof deb topdi. Ushbu qarorni 6 nafar sudya ma’qullab ovoz berdi, 3 nafar sudya qarshi chiqdi. Donald Tramp Oliy sudning qarorini “sharmandali” deb atadi va u “chet el manfaatlari ta’siri ostida” qolganini iddao qildi.

Kiritildi: Bugun 17:35. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!