Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp tez orada Putin bilan suhbatlashmoqchi ekanini aytdi

A A A
Tramp tez orada Putin bilan suhbatlashmoqchi ekanini aytdi

AQSh prezidenti bu haqda Rossiya Ukrainaga 2022 yil fevralida keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon eng yirik dron va raketa hujumini amalga oshirgandan keyin ma’lum qildi.

"U yerdagi vaziyatdan mamnun emasman. Biz bu muammoni hal qilishimizga ishonchim komil. Lekin men bu urushga aloqador bo‘lgan barchadan va hozirgi holatdan noroziman. Yaqin bir necha kun ichida Putin bilan suhbatlashaman", — dedi Oq uy rahbari Merilend shtatidagi Endryus harbiy-havo bazasida jurnalistlarga.

AQSh prezidenti, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, Donald Tramp dushanba yoki seshanba kuni Yevropa yetakchilari Ukraina masalasini muhokama qilish uchun Qo‘shma Shtatlarga kelishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:55 08.09.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!