AQSh Suriyaning shimoli-sharqiy hududlariga berayotgan yordamini to‘xtatdi. “Publika” saytining AQShdagi CBS kanaliga tayanib xabar berishicha, AQSh bu qarorini Suriyadan uzoqlashish borasidagi ilk qadam deb izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Departamentiga Suriyadagi “Suriya Demokratik Kuchlari”ni qo‘llashga, 200 ta harbiy mashina jo‘natishga qaror bergandi. “Suriya Demokratik Kuchlari” YGP, PKK va PYD terror guruhlarining birlashmasi asosida tashkil topgan qo‘shin bo‘lib, AQSh terror qo‘shiniga ochiqchasiga ko‘rsatgan yordamini bu qo‘shin Suriyada amaldagi hukumat — Bashar Assad hukumatini yiqta oladigan kuch, deb izohlagan.