Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp: «Sum viloyatini diqqat bilan kuzatyapman»

Tramp: «Sum viloyatini diqqat bilan kuzatyapman»

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina shimoli-sharqidagi Sum shahri yaqinida Rossiya qo‘shinlarining to‘planishi yuzasidan bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu hududdagi vaziyatni «diqqat bilan kuzatmoqda».

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Sum viloyatida 50 mingga yaqin harbiyni jamlagan — bu 2022 yildagi boshlang‘ich hujumda ishtirok etgan kontingentning uchdan bir qismini tashkil etadi. Qo‘shinlar Sumdan 20 km masofada joylashgan.

Tramp ehtimoliy hujum haqida shunday dedi: «Ko‘ramiz, nima bo‘lishini. Men diqqat bilan kuzatyapman».

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy esa avvalroq Sum viloyatidagi rossiyaliklar hujumi to‘xtatilganini va front chizig‘i barqarorlashganini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, Rossiya chegarabo‘yi hududlardagi qishloqlarni egallab, aholini evakuasiya qilishga majbur qilmoqda. Urushdan oldin 255 ming aholi yashagan Sum shahri yangi janglar o‘chog‘iga aylanish xavfi ostonasida turibdi.

Kiritildi: Bugun 11:08. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!