Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp shaxsiy yordamchisi bilan juda yaqin munosabatda bo‘lganmi?

Tramp shaxsiy yordamchisi bilan juda yaqin munosabatda bo‘lganmi?

Donald Trampning shaxsiy yordamchisi Madlen Vesterxout jurnalistlar bilan muloqotda og‘ziga erk bergani uchun ishidan ayrildi. Bu haqda "togri.uz" yozmoqda.

Prezident Tramp avgust oyi boshlarida golf klubida ekanligida, uning shaxsiy yordamchisi Madlen Vesterxout jurnalistlar bilan norasmiy tamaddi qilish chog‘ida bir qator ortiqcha gaplarni aytib qo‘ygan.

Qariyb bir soat davom etgan tamaddi vaqtida Vesterxout Tramp bilan munosabatlarini juda yaxshi baholagan. Hatto prezidentning o‘z qizlari Ivanka va Tiffanidan ham ko‘ra ko‘proq u bilan yaqinligini aytgan. Ayni suhbat chog‘ida, Trampning "semizroq" deb ta’riflagan qizi Tiffani bilan birga suratga tushishni yoqtirmasligini qo‘shimcha qilgan.

Aytgan gaplari OAVda tarqalishi ortidan Vesterxout Oq uydagi ishini yo‘qotdi. Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri shaxsiy yordamchisi bo‘lib ishlab kelgan Vesterxoutga kelgusi ishlarida omad tilagan.

Kiritildi: 17:47 31.08.2019. O'qildi: 8351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!