Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Rossiyaga uning mablag‘lari orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin

A A A
Tramp Rossiyaga uning mablag‘lari orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi Ukraina bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun Moskvaga ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish g‘oyasini rad etmayapti. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

"Tramp jamoasi umumiy strategiyani qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki muzlatilgan mablag‘lar Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga undovchi yangi tashabbus bo‘lishi mumkin," deya ta’kidlanadi bayonotda.

Ilgari Jo Baydenning maslahatchilari Yevropa mamlakatlariga Rossiyaning muzlatilgan 300 milliard dollarlik aktivlarini maxsus hisob raqamiga o‘tkazishni taklif qilgani ma’lum qilingan edi. Bu hisob raqami faqat Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilgandan so‘ng ochilishi mumkin.

Kiritildi: 23:36 14.01.2025. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!