AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarni mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Yahoo News Japan xabar bermoqda.
"Trampning yangi ma’muriyati Xitoy va Rossiya bilan iqtisodiy va xavfsizlik aloqalarini mustahkamlash uchun yangi "Kuchlilar Alyansi"ni tuzadi," - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, maqola muallifi AQShning sobiq ittifoqchilari, shu jumladan Yaponiyani "himoya izlashga" majbur bo‘ladi, chunki ularning Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zaiflashishi mumkin, degan fikrni bildirdi.