Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi, — Zelenskiy

 Tramp Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi, — Zelenskiy

"Menimcha, Tramp buni ochiqchasiga aytgan va u bu fikrini atrofidagi bir nechta odamlarga ham bildirgan", — dedi Ukraina prezidenti ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Zelenskiy Rossiya mazkur urushda g‘alaba qozonayotganiga ishonmasligini ta’kidladi.

"Putin hozirgi sharoitda, agar dunyo birlashsa va bizning tarafimizda bo‘lsa, bu urushda hech qachon g‘alaba qozona olmaydi. Bu imkonsiz. Demak, u faqat juda uzoq yillar davom etadigan va sanksiyalar bo‘lmaydigan urushdagina g‘alaba qozonishi mumkin", — deya fikr bildirdi Ukraina yetakchisi.

Shuningdek, Zelenskiy agar AQSh Ukrainaga yordamni to‘xtatsa, Rossiyaning g‘alaba qozonish ehtimoli oshishini ham qayd etdi.

Kiritildi: 12:15 09.06.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!