AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp shafqatsiz qotillar va zo‘rlovchilar uchun o‘lim jazosini talab qilishini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi .
“Inaugurasiyam bilanoq, men Adliya vazirligiga amerikalik oilalarni zo‘ravon zo‘rlovchilar, qotillar va yirtqich hayvonlardan himoya qilish uchun o‘lim jazosini agressiv tarzda izlashga yo‘naltiraman”, deb yozadi u.
Oq uyning yangi rahbari Qo‘shma Shtatlar yana qonun va tartib o‘lkasiga aylanishiga va’da berdi.