"Foreign Affairs" jurnalining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar va Ukrainaning yevropalik hamkorlari mamlakatga NATO nizomidagi jamoaviy mudofaa bandiga o‘xshash harbiy yordam va xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega, ammo Kiyev ittifoqqa qo‘shilmaydi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Nashr yozganidek, Kiyev NATOga qo‘shilish shaklida xavfsizlik kafolatlarini olishga intilmoqda. Biroq, Jo Bayden ma’muriyati ham, Donald Trampning yangi ma’muriyati ham urush paytida ham, darhol keyin ham bunday imkoniyatni taklif qilmoqchi emas.
OAV xabarlariga ko‘ra, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning bo‘lajak ma’muriyati Rossiya pozisiyasini hisobga olishi kerak, chunki Moskva uzoq vaqtdan beri Ukrainaning mudofaa blokiga qo‘shilishiga qarshi bo‘lib kelgan. Qolaversa, Vashington Kiyevning alyansga qabul qilinishini “yashovchan variant” deb hisoblagan taqdirda ham, bu mojaroga barham berish uchun “qo‘lbola siyosiy vosita” bo‘lib qolardi, chunki buning uchun NATOning barcha a’zolari tomonidan uzoq davom etadigan tasdiqlash jarayoni talab etiladi.