Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Qatar bosh vaziri bilan uchrashdi

 Tramp Qatar bosh vaziri bilan uchrashdi

Bu haqda Oq uy vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.

"AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi", — dedi amerikalik rasmiy.

AQSh yetakchisining press-pulidan olingan xabarga ko‘ra, Oq uy prezident Tramp Qatar bosh vaziri bilan uchrashganini tasdiqlagan, biroq uchrashuvda nimalar muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Politico Qatar bosh vaziri Nyu-York va Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp, maxsus vakil Stiv Uitkoff, vise-prezident Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashishi haqida xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, tomonlar Isroilning Dohaga bergan zarbasini, shuningdek, G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilini rejalashtirgan.

Kiritildi: 17:21 13.09.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!